
Tokiodagi Olimpiya stadioni uzra O‘zbekiston bayrog‘i hilpiramoqda
Tokiodagi Olimpiya stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi boshlandi. Ayni paytda mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari Olimpiya stadioniga etib kelishdi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi rahbari - Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov ham ushbu daqiqalarda Tokioda bo‘lib turibdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyida Olimpiya stadioni uzra jonajon O‘zbekiston bayrog‘i mag‘rur hilpirab turgan manzaraga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Umid qilamizki, ertadan boshlanadigan musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i tez-tez g‘oliblik shohsupasida ko‘tarilib turadi.
Fikrlar