Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining qaysi sanalarda o‘tkazilishi e’lon qilindi

  • 30 mart, 2020, 18:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, koronavirus sabab joriy yil Tokio shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bir yilga qoldirildi.

Tecno

Bugun e’lon qilingan rasmiy xabarlarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabrigacha o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Aytish kerakki, musobaqa kunlari bu yil bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sanalardan faqatgina 1 kunga farq qiladi. Chunki, rejaga ko‘ra Olimpiya o‘yinlari shu yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar o‘tishi belgilangan edi. Paralimpiya o‘yinlari esa 25 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tishi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!