
Tokio Olimpiadasiga davlat rahbarlarining kelishi kutilmoqda
“Tokio-2020” Tashkiliy qo‘mitasining rahbari Yosiro Mori davlat rasmiylari bo‘lajak Olimpya o‘yinlariga kelishi mumkinligiga umid qilmoqda. Yosiro Mori tashkilotchilar hozirning o‘zida Donald Trampni taklif qilganliklarini bildirdi.
“Men Evropada va AQShda yangi koronavirus tufayli paydo bo‘lgan vaziyatni tartibga solinishini va iloji boricha ko‘proq odamlar Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini kelishlarini istardim, – dedi Yosiro Mori “Yomiuri” gazetasida e’lon qilingan intervyusida. – Ehtimol, Tokioga AQShning yangi saylangan prezidenti Jozef Bayden kelar. Biz hozirning o‘zida AQSh prezidenti Donald Trampni taklif qildik. Ularni Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe kutib olishi mumkin edi”.
“Turli mamlakatlar bir-biri bilan nifoqlikda va qarama-qarshilikda bo‘lsa ham, keling bularning o‘rniga butun jahon bilan birdamlashaylik. Biz birgalikda koronavirusni qanday engishni do‘stona muhokama qilgan bo‘lardik”.
Fikrlar