
"Tokio-2021" soddalashtirilgan tarzda o‘tkazilishi mumkin
"Tokio-2021" tashkiliy qo‘mitasi va Tokio shahri meri Yuriko Koike bayonotiga ko‘ra, Yaponiya hukumati va Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli o‘yinlarni soddalashtirilgan tarzda o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turnir tashkilotchilari tomoshabinlarni koronavirusga majburiy testdan o‘tkazish, muxlislar sonini qisqartirish, olimpiya shaharchasi tashqarisida sportchilarning harakatlanishini cheklashni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiya o‘yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustga qadar, Tokio Paralimpiya o‘yinlari esa, 2021 yil 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar