"Tokio-2020" tomoshabinlarsiz o‘tkaziladimi?

  • 2 mart, 2021, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkilotchilari hozirgi paytda musobaqalarni “yopiq eshiklar ortida” o‘tkazishni, ya’ni umuman tomoshabinlar bo‘lmasligi masalasini ko‘rib chiqayotganlari yo‘q. Bu haqda musobaqa Tashkiliy qo‘mitasining boshlig‘i Seyko Xasimoto ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bayonot berdi.

Tecno

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi, “Tokio-2020” Tashkiliy qo‘mitasi rahbarlari, shuningdek, Yaponiya ma’murlari O‘yinlarda tomoshabinlar bo‘lishi masalasini muhokama qiladilar. Ana shu muhokamani 3 martda onlayn tarzda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu muhokamadagi asosiy masala chet el sport ishqibozlarining Olimpiya o‘yinlarida hozir bo‘lishi, qolaversa, musobaqalar o‘tkaziladigan joylari sig‘imidan kelib chiqqan holda tomoshabinlar sonini chegaralash bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!