Tokio-2020. O‘zbekistonlik sportchilar bugun qanday natijalar qayd etishdi?

  • 27 iyul, 2021, 17:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida 5 nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bahslar guvohiga aylandik.

Tecno

Quyida Olimpiadaning 4-kunida kurashga kirishgan sportchilarimiz bilan tanishing:

1.Farangiz Hojieva (dzyudo, ayollar -63 kg)

2.Svetlana Osipova (taekvondo, ayollar, +67)

3.Bobousmon Boturov (boks, erkaklar, 63-69 kg)

4.Sharofiddin Boltaboev (dzyudo, erkaklar, -81 kg)

5.Xurshid Tursunov (suzish, erkaklar)

Dzyudo. Farangiz Hojieva Kabo Verde sharafini himoya qilayotgan Sandrin Billiet bilan kuch sinashdi. -63 kg vazn toifasidagilar bahsida hamyurtimiz ilk raundda ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va turnir bilan xayrlashdi.

Tokio-2020. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda pastlashda davom etmoqda. Qolgan davlatlarda vaziyat qanday? (Foto)

photo_2021-07-27_07-37-00-1200x803

-81 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboev vanuatulik Xyugo Kumboga qarshi tatamiga ko‘tarildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Vakilimiz 1-raunddayoq raqibini ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Boltaboev nimchorak finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanov bilan kurash olib bordi. Asosiy vaqtda kuchlar teng keldi - 0:0. "Golden score"da Sharofiddin Boltaboev vazari bahosi bilan g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz chorak finalda avstriyalik Shamil Borchashvili bilan to‘qnashdi. Jangning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Hisob ochilmaganligi tufayli g‘olib nomi "oltin ochko" qoidasi bo‘yicha aniqlandi. "Golden score" avstriyalik sportchiga nasib etdi. 6 daqiqa 15 soniya o‘tib borayotgan bir paytda Borchashvili vazari ochkosi bilan vakilimizni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq Boltaboevda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qolgandi.

Medal uchun kurashda Sharofiddin Boltaboev gruziyalik Tato Grigalashviliga qarshi jang o‘tkazdi. Boltaboev vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.

photo_2021-07-27_11-48-14

Taekvondo. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Svetlana Osipova qozog‘istonlik Jenzel Denizga qarshi dayanga chiqdi. Kurashlarga boy o‘tgan 3 raundda 10:9 hisobi qayd etildi va Jenzel Deniz keyingi bosqichga yo‘l oldi.

gettyimages-1234220812-2048x2048

Boks. Bobousmon Boturov Olimpiadadagi ishtirokini Dominikan Respublikasi vakili Emiliano Polankoga qarshi boshladi. 3 raund etib belgilangan jangda hamyurtimiz 4:0 hisobida zafar quchdi. Endi Boturov 1/8 final bosqichda Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan Pet MakKormakka qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs 30 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, uning raqibi 2019 yilgi Evropa chempioni hisoblanadi.

photo_2021-07-27_07-18-39-1200x803

Suzish. Suzish bo‘yicha bahslarga kirishgan Xurshidjon Tursunov 50,14 soniya natija bilan o‘z guruhida 4-o‘rinni egalladi. Afsuski, u ham ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi. Reglamentga ko‘ra, eng yaxshi 16 ta sportchi tanlab olinadi. Tursunov o‘sha 16 nafar suzuvchi qatoridan joy ololmadi.

photo_2021-07-27_15-30-45-1200x800

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!