
Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?
Bugun paralimpiyachilarimiz kun davomida 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 3 tasi oltin, 3 tasi kumush va 2 tasi bronza.
Hozircha delegatsiyamiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida 12-pog‘onani egallab turibdi.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha kuchli uchlikda Xitoy, Buyuk Britaniya va Rossiya bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, ertaga yana 12 nafar para atletimiz musobaqalarda ishtirok etadi.
Fikrlar