Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?

  • 27 avgust, 2021, 18:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para engil atletika hamda para dzyudo sport turlari bo‘yicha Asila Mirzayorava kumush hamda Uchqun Quronboev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Shu tariqa O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallarning umumiy soni 3 taga etdi. Hozircha hisobimizda bitta oltin, bitta kumush va bitta bronza medallari mavjud. Ushbu natija bilan delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 18-o‘rinda bormoqda.

Ayni paytda vakillarimiz Osiyo qit’asida musobaqa peshqadami Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egallab turishgan bo‘lsa, MDH davlatlari orasida Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon va Belarusdan keyin 5-o‘rinda boryapmiz. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa O‘zbekiston yaqqol peshqadam.

umumjamoa

Eslatib o‘tamiz, ertaga 11 nafar o‘zbekistonlik para atlet Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!