
Tokio-2020. MOQ bayroqdorlarning o‘zgargani borasida rasmiy bayonot berdi
Bugun Tokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi start oladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu tadbirda delegatsiyamiz bayroqdorlarining o‘zgargani yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ertadan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Avval MOQ tomonidan bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida bayroqdorlarimiz bokschi Bobousmon Baturov hamda sport gimnastikasi vakili Oksana Chusovitina bo‘lishi ma’lum qilingandi. Reglamentga ko‘ra, sport gimnastikasi va boks bahslari 24 iyuldan boshlanadi. Oksana Chusovitina esa 25 iyul kuni saralash bosqichida qatnashadi. Shu boisdan Tokio-2020 shtabi va federatsiya rahbarlari bilan maslahatlashgan holda hamyurtlarimiz Oksana Chusovitina hamda Bobousmon Baturovni ortiqcha toliqtirmaslik maqsadida starti keyinroqqa to‘g‘ri keladigan boshqa nomdor vakillarimiz, bokschimiz Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova delegatsiyamiz bayroqdori bo‘ladigan bo‘ldi. Bu bo‘yicha yakuniy qaror 21 iyul kuni qabul qilindi.
Ochilish marosimida ishtirok etish katta vaqt oladi. Unda uzoq muddat tik oyoqda turish va shaharchaga kech qaytilishini inobatga olish zarur. Ma’lumot uchun, Nigora Tursunqulova 26 iyul kuni bahslarga kirishsa, Bahodir Jalolov 29 iyuldan o‘z ishtirokini boshlaydi. Shu bois ularning tiklanib olishi uchun vaqt nisbatan ko‘proq.
Fikrlar
Энди Аксана Чусовитинани Мативациямизни ўлдиришди деган интрвюлари чиқиб турибди.
МОҚ унақа эмасда...