
Tokio-2020 ga yo‘llanma beruvchi yana bir litsenzion turnir qoldirildi
Para atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xalqaro Gran-prida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishgan edi.
Biroq, barchani birdek tashvishga solayotgan koronavirus epidemiyasi sabab 14-17 mart kunlari Dubayda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan ushbu musobaqa ham bekor qilindi.
Aytish kerakki bu Para atletikachilar uchun Tokio-2020 ga yo‘llanma beruvchi so‘nggi litsenzion musobaqa edi.
Hozircha Gran-prining qachon va qaerda o‘tkazilishi noma’lum.
Fikrlar