
Tokio-2020: Elbek Sultonov – bronza medal sohibi!
Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kungi bahslariga ham start berildi.
Hozirgina para engil atletikaning F12 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida final bellashuvi yakunlandi. Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Elbek Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Elbek 15.94 metr natija qayd etdi.
Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 4 taga etdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza.
Fikrlar