Tojievdan Solievgacha. Yoxud "Qizilqum"ga qarshi o‘yinlarda "Paxtakor"ning to‘purarlari kimlar?

  • 16 oktabr, 2021, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 22-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi.

Tecno

"Qizilqum" bilan o‘zaro to‘qnashuvlarda "Paxtakor"ning eng yaxshi to‘purari Zayniddin Tojiev hisoblanadi. Ushbu jamoalar Oliy ligada 2000 yilgi mavsumdan boshlab to‘qnash kela boshlagan. Ilk bahs Zarafshon shahrida o‘tib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Mezbonlardan Aleksey Nikolaev, "Paxtakor"dan Sobir Xodiev gol muallifiga aylangan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Zayniddin Tojiev sanaladi. U "Qizilqum" darvozasiga 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Stanislav Andreev va Igor Sergeev hisobida 6 tadan gol mavjud. Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedov 5 tadan, Anvar Soliev hamda Kaxi Maxaradze 4 tadan golga mualliflik qilgan.

Aleksey Nikolaev har ikki jamoa tarkibida raqib darvozasiga to‘p kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. U 2000 yil "Paxtakor", 2003 yil "Qizilqum"ga gol urgan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari:

8 - Zayniddin Tojiev
6 - Stanislav Andreev, Igor Sergeev
5 - Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov
4 - Anvar Soliev, Kaxi Maxaradze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!