The Times: Yaponiya hukumati Olimpiadani bekor qilishga kelishib oldi

  • 22 yanvar, 2021, 15:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

The Times nashri Yaponiyaning Olimpiadani bekor qilish rejalaridan xabar topdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Yaponiya rasmiylari pandemiya tufayli “Tokio-2020” o‘yinlarini o‘tkazish imkonsiz degan xulosaga kelishdi. Bu haqda The Times mamlakat hukumatining yuqori martabali rasmiylariga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya rasmiylari bu yilgi Olimpiadani o‘tkaza olmasliklari to‘g‘risida allaqachon kelishib olgan va endi ular bu xabarni “silliq” etkazish yo‘llarini izlamoqda.

"Hech kim bu haqda birinchi bo‘lib gapirishni xohlamaydi, ammo hamma bunga rozi", - deydi manba The Times gazetasiga.

Uning ta’kidlashicha, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) va Yaponiya hukumatining o‘yinlarga keyingi tayyorgarlik bo‘yicha oldingi bayonotlariga qaramay, Covid-19 qishki to‘lqini ushbu rejalarni bekor qildi. Koronavirusga qarshi kurashish uchun hukumat favqulodda choralar ko‘rishi va mamlakatning yirik shaharlarida, shu jumladan Tokioda favqulodda holat e’lon qilishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!