
Tezkor! Yangi bosh murabbiy “Liverpul” bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi
“Liverpul”ni uzoq vaqt boshqargan Yurgen Klopp joriy mavsum yakunlanishi bilan klubdan ketishini e’lon qilgandi.
Klub rahbariyati uning o‘rniga boshqa mutaxassis topib qo‘ydi. Liverpulliklar jamoani niderlandiyalik mutaxassis Arne Slotga topshiradigan bo‘ldi.
Arne Slot Angliya grandi bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi.
- Men kelasi mavsumdan boshlab “Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishimni tasdiqlashim mumkin, - dedi Arne Slot.
Ma’lumotlarga qaraganda, yangi bosh murabbiyning shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Angliyaliklar bu mutaxassisni qo‘yib yuborgan “Feyenoord”ga 13-15 million evro miqdorida badal puli to‘laydi.
Fikrlar