Tezkor xabar. Kelishilgan o‘yinlarda ishlagan yana bir o‘zbekistonlik hakam futboldan chetlatildi

  • 12 fevral, 2021, 17:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspektsiyasi O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korruptsion holatlar, ya’ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlari va kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

Tecno

O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida O‘FA hakami Olim To‘ychiboev bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA veb-saytida xabar berildi.

Qo‘mita tomonidan Olim To‘ychiboev O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan, bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarda “Dinamo” PFK vakillarining ishtiroki ham aniqlanib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilish qarori bilan, Buxoro viloyati 2-liga musobaqasi ishtirokchisi “Olot Istiqlol” futbolchisi N.Xasanov “Buxoro-W” ayollar futbol klubi vakillarining ko‘rsatmalariga asosan, ularni haq evaziga totalizatorda ishtirok etishga undagani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.44., 5.53. va 5.60. bandlariga asosan bir yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Mazkur qarorlar O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
12/02/2021 17:46
Уз ШАВКАТ НАСИБУЛАЕВНИ ХАМ ТЕКШИРИШ КЕРАК.САБАБ КУП..1.НИМАГА ВОДИЙ ДЕРБИСИДА ПОЙТАХТДА ШУНЧА ТАЖРИБАЛИ МУТАХАССИСЛАР ТУРГАНДА 2 УША БИТТА ИМКОНЯТНИ ЙУК КИЛИШГА ТУРГАН ХАКАМ.БУНИ КАСОФАТИСИГА БИР КАНЧА ЕШЛАР ЖАБИР КУРДИ БУНИ ИНТИЗОМ КУМИТАСИ ЧУКУРОК УРГАНМАДИ Е ХОХЛАМАДИ