
Tezkor xabar! Kanchelskis yana "Navbahor"ga qaytadimi?
“Navbahor” klubi murabbiylar shtabida keskin o‘zgarish bo‘ladi. Klubga yaqin manbaamiz bergan ma’lumotlarga qaraganda rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis yana “lochinlar” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Kanchelskis o‘rniga serbiyalik mutaxassis Deyan Jorjevich rahbariyat qo‘ygan talabni bajara olmadi va ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng iste’foga chiqarilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" ayni damda 25 ochko bilan Superliga musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar
Жамоа рахбарларига мутахасис б/н камида 3 ёки 5 йилга куркмасдан шартнома тузишларини сураб колардим.
Тургунбоев т/канали ёзишича худо хохласа эртага таништириш маросими булиб утади.