Tezkor xabar! Bektemir Meliqo‘ziev litsenzion musobaqaga bormaydigan bo‘ldi

  • 1 mart, 2020, 22:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 3-11 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun litsenzion musobaqa tashkil etiladi. Ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Tecno

Afsuski, ushbu litsenzion turnirga yo‘l oladigan O‘zbekiston terma jamoasi safida jiddiy yo‘qotishga uchradi. -75 kg vazn toifasida musobaqaga borishi kerak bo‘lgan Bektemir Meliqo‘ziev noma’lum sabablarga ko‘ra ushbu turnirga bormaydigan bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Bektemirda Tokioga borish uchun imkoniyat bor. U Frantsiyada bo‘ladigan keyingi litsenzion turnirda ishtirok etib, ushbu yo‘llanmaga ega chiqishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сурхон Барлос
03/03/2020 11:35
гумон яхши эмас-ку лекин, пухта режалаштирилганга ўхшайди