Tezkor: “Vilyarreal” Fayzullaev transferiga munosabat bildirdi!

  • 3 iyul, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri – Abbosbek Fayzullaevning kelasi mavsumni qaerda boshlashi ko‘pchilikni qiziqtirib turgan masalalardan hisoblanadi.

Tecno

Ayniqsa, legioner sifatidagi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagani, O‘zbekiston milliy  va olimpiya terma jamoalaridagi ishonchli o‘yinlaridan keyin 20 yoshli hujumkor futbolchimizning Evropaning kuchli beshlik ligalariga yo‘l olishi haqidagi ma’lumotlar tobora ko‘payib bormoqda.

Xususan, qishki transferlar oynasi davrida Abbosbekka Bundesliga grandi “Bavariya”dan qiziqish bo‘lgani aytilgandi. Keyinchalik hamyurtimiz A Seriyaga qaytgan “Parma” nazariga tushdi. Parmaliklar bir necha oydan beri o‘zbek futbolchisining o‘yinini kuzatib, transfer imkoniyatlarini o‘rganib kelmoqda.

So‘nggi kunlarda Abbosbek Fayzullaev Ispaniya chempionatiga yo‘l olayotgani, La Liganing kuchli klublaridan “Vilyarreal” o‘zbek futbolchisi transferi bo‘yicha TsSKA bilan kelishuvga erishgani, “armiyachilar” o‘z etakchisini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida juda ko‘p ma’lumotlar tarqala boshladi. Bu borada, ayniqsa, ispan nashrlari hali hamon axborot tarqatishni to‘xtatgani yo‘q.

Jumladan, ispaniyalik jurnalist Aaron Dominges Abbosbek Fayzullaev “Vilyarreal”ga o‘tishi mumkinligi, TsSKA rahbariyati futbolchi transferiga rozilik bergani, transferning oxirgi shartlari bo‘yicha muzokara ketayotgani, biroq uning summasi hali noma’lum ekani haqida axborot tarqatdi.

Masala shu darajaga etdiki, unga “Vilyarreal” rasmiylari munosabat bildirishi to‘g‘ri keldi. Klubning futbol operatsiyalari bo‘yicha direktori Migel Anxel Tenaga jurnalistlar quyidagi savol bilan murojaat qildi.

— Sizning klubingiz TsSKA bilan Abbosbek Fayzullaev transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani rostmi?

— Yo‘q, bu ma’lumot haqiqatga yaqin emas, - deb javob berdi Migel Anxel Tena.

Bundan tashqari, Rossiya futbolini yoritib kelayotgan mashhur insayderlardan biri Ivan Karpov ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Abbosbek Fayzullaevning “Vilyarreal”ga transferi haqida ma’lumot chiqardi.

- Fayzullaev himoyadan hujumga o‘tmoqda: 20 yoshli hujumkor futbolchi “armiyachilar”ning yig‘inida ter to‘kmoqda va turli “mish-mishlar” haqida bosh qotirayotgani yo‘q. Abbos yaqin yarim yil ichida TsSKAda o‘ynashni rejalashtirgan. Qolaversa, TsSKA rahbariyati o‘zbek futbolchisi biror boshqa klubga sotib yuborishga hech qanday rozilik bergan emas, - deb yozdi mashhur insayder Ivan Karpov.

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaevning Evropa ligalariga ketishi, xususan, “Vilyarreal” masalasi ham oxirigi nuqtaga etgani yo‘q. Vaziyat har qanday holatda o‘zgarib ketishi mumkin. Demak, 20 yoshli hujumkor futbolchimiz atrofidagi voqealarni kuzatishda davom etamiz.

Fayzullaev qo‘ldan chiqyapti yoxud Abbosbek va “Vilyarreal” masalasiga Italiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?

Legionerlarimizni Evropa Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishmoqchi

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
02/07/2024 22:54
Враньё
&
farhodsarobov9@gmail.com
02/07/2024 16:08
Zo'r