Tezkor! Shomurodovning transfer summasi hal bo‘ldi, jamoasi ham!

  • 1 avgust, 2022, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” va “Bolonya” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning transferi shartlarini hal qildi va o‘zaro kelishuvga erishdi, deb xabar tarqatdi mashhur insayder Nikolo Skira.

Manbaning ta’kidlashicha, “Bolonya” legionerimizni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Transfer summasi 9 million evroni tashkil qilishi kelishib olindi.

128458_7j9cdg5

Shomurodovning “Roma” bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Uning kelajagiga bir yillik ijara muddati tugaganidan keyin oydinlik kiritiladi.

Endi hamma Shomurodov transferining rasman tasdiqlanishini kutmoqda.

photo_2022-07-31_20-31-46

Eldor Shomurodov 2020 yildan beri Italiya chempionatida to‘p tepmoqda. U dastlabki mavsumni “Jenoa” safida o‘tkazgan. O‘tgan yoz esa “Roma”ni qabul qilib olgan Joze Mourino poytaxt klubi rahbariyatidan Eldor Shomurodovni olib kelishni talab qildi. Oradan bir yil o‘tib, portugaliyalik mutaxassis o‘zbek futbolchisi bilan xayrlashishni ma’qul topdi.

Kuchli beshlik chempionatlariga qadar O‘zbekiston va Rossiya ligalarida to‘p tepgan hamyurtimizning Italiyadagi statistikasiga e’tibor qaratamiz.

Eldor “Jenoa” va “Roma” tarkibida A Seriyada jami 59 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlarini besh marta golli pas bilan ta’minlagan.

Italiya kubogi musobaqasida legionerimiz hisobida ikkita o‘yin va bittadan gol hamda assist bor.

Konferentsiyalar ligasida Shomurodov saralash, guruh, pley-off va final bosqichlarida hammasi bo‘lib 11 marotaba maydonga tushdi. Bu bahslarda bir gol va ikki assist muallifi bo‘ldi. Shomurodov Italiyadagi faoliyati davomida o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda gol va assist qayd etgani ahamiyatli.

Umumiy hisobda, Shomurodov klublar miqyosida 221 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 45 ta gol va 23 ta assist yozdirib qo‘ygan.

1628376697_shomurodroma

Eldorning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi statistikasi ham ancha yuqori.

Terma jamoamiz sardori 2015 yildan beri 56 ta xalqaro uchrashuvda raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Tezkor! Shomurodov transferi 48 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda!

Urishib qolgan bosh murabbiy va direktor Shomurodov tufayli yarashib oldi!

Bu jamoa Shomurodov transferini nega sir tutyapti?

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!