
Tezkor! Pogba jahon chempionatida o‘ynamaydi! Sababi...
“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Rafaela Pimenta frantsiyalik futbolchi Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi sharafini himoya qila olmasligini ma’lum qildi.
- Pol safga tezroq qaytmoqchi edi va shu maqsadda jiddiy mehnatgan bel bog‘lagandi. Lekin hozir u sabr qilishga majbur, - dedi Rafaela Pimenta.
29 yoshli futbolchi yangi mavsumda birorta ham rasmiy uchrashuvda ishtirok etmadi. U jarohatidan qutilish uchun operatsiya qildirgandi. Tiklanish jarayonida Pogba son mushaklarini shikastlab oldi. Bir jarohatdan qutilmay turib, ikkinchisiga yo‘liqqani uni uzoq muddatga safdan chiqardi va Qatardagi mundialgacha tuzalishga ulgurmaydi.
Frantsiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Avstraliya, Daniya va Tunis bilan kuch sinashadi.
Fikrlar