Tezkor! Misr Afrika Millatlar kubogi finalini 1 kunga kechiktirmoqchi

  • 5 fevral, 2022, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi Afrika Millatlar kubogi tashkilotchilariga musobaqa finalini dushanba kuni o‘tkazilishini taklif qildi. Ular Senegalga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlar uchun ko‘proq vaqt berilishini istamoqda.

Tecno

Shuningdek, "ehromlar yurti" vakillari raqiblarining ko‘proq dam olishini adolatsizlik, deb hisoblamoqda. Hozircha finalning kechiktirilishi borasida biror rasmiy xabar chiqqani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Senegal - Misr jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 6-dan 7 fevralga o‘tar kechasi soat 00:00da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Senegalning yarim finaldagi Burkina-Fasoga qarshi uchrashuvi 3 fevralda bo‘lib o‘tgandi. Misr esa yarim finaldagi Kamerun bilan 4 fevral kuni o‘yin o‘tkazgan.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!