Tezkor! "Barselona" futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 8 noyabr, 2021, 00:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, unga yurak aritmiya tashxisi qo‘yilgan. Aritmiya – yurak urishining chastotasi, ritmi va izchilligining buzilishidir.

Shuni inobatga olgan holda, argentinalik forvard faoliyatini yakunlashi ehtimoli bor . Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. 

Qayd etish joiz, u "Alaves"ga qarshi o‘yindan so‘ng yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli, shifoxonaga yotqizildi. 

Kataloniya klubi uni 3 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi. Bu davr mobaynida 33 yoshli forvard maydonga qaytish yoki qaytmasligini hal qilish uchun maxsus muolaja oladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!