Terma jamoamiz Doxa Gran-Prisida qatnashadi

BEPUL PROPAN

Shpagachilarimiz Doxa Gran-prisida qatnashishadi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini joriy hafta yakunida ham yana bir nufuzli xalqaro musobaqa kutib turibdi. Hamyurtlarimiz 24-26 yanvar kunlari Qatarda o‘tadigan Gran-pri turnirida ishtirok etishadi. O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining ma’lum qilishicha, Doxada quyidagi 8 nafar qilichbozimiz medallar uchun kurash olib borishadi:

Ayollar: Shahzoda Egamberdieva, Dilnaz Murzataeva, Sanam Nazarova, Sevara Rahimova;

Erkaklar: Ahmadjon Fayziev, Javohirbek Nurmatov, Muhammadyusuf Siddiqov, Meyirxan Timurov.

Eslatib o‘tamiz, qizlarimiz o‘tgan hafta yakunida Bahraynda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!