Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish ro‘y berdi: Lutfulla To‘raev tarkibdan chiqdi

  • 19 may, 2021, 21:12
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milliy terma jamoa yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatida ba’zi o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Tecno

Iyunda o‘tkaziladigan "JCh-2022" saralashi doirasida markazlashgan turnirga tayyorgarlik davom etmoqda. Klublar miqiyosida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, murabbiylar shtabi kengaytirilgan ro‘yxatga o‘zgartirishlar kirityapti.

Avval chaqiruv olgan Lutfulla To‘raev hamda Murod Xolmuhamedov yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Hozirda "Nasaf" klubi safida OFK kubogida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Husniddin Aliqulov esa terma jamoaga chaqirildi. U klubi bilan safardan qaytgach, yig‘inga qo‘shiladi.

Milliy jamoaga nomzodlar ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida «COVID-19» uchun test topshiradi. Shundan so‘ng, ularning jismoniy holati ko‘zdan kechiriladi. 21 may kuni jamoa Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oladi. Bo‘lajak safar oldidan karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish maqsadida mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan", - deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Содир Гаффоров
19/05/2021 22:35
Худога минг к,атра шукур Лутти луттивоз чикарилипти.Уни Вадим кандай йигилишга чакирди Узбекистон хайрон
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/05/2021 21:54
Lutti Urniga. Akmal Mazgavoy chaqirish kerak. klass buyicha ham shu yoshiga Luttidan bir bosh ustun. Uyin Taraflama ham tajriba taraflama ham hamma jihatdan kuchli Akmal Mazgavoy.