
Terma jamoa safida jarohat olgan Oston O‘runov "Navbahor" klubi mashg‘ulotiga qo‘shildi
Ektor Kuper tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etilib, Turkiya, KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi kechgan o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushgan "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov kecha klub qarorgohiga etib kelgandi. U bugundan 11–tur doirasidagi safarda AGMK jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik olib borayotgan “lochinlar”ning mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, O‘runovda engil jarohat borligi bois, bugun yakka tarkibda mashg‘ulot o‘tkazdi. U ertadan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Jamoamizning yana bir mahoratli yarim himoyachisi, Lyubinko Drulovich tomonidan O‘zbekiston olimpiya termasi tarkibiga chaqirilib, Namanganda o‘tkazilgan O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonda harakat qilgan Abbos G‘ulomov esa namanganlkilarning mashg‘ulotlariga kecha qo‘shilgandi.
Fikrlar