
Ter Shtegen "quruq o‘yin"lar seriyasini davom ettirdi
Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida "Atletiko Madrid" hamda Kataloniyaning "Barselona" klublari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi. "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida "ko‘k-anorranglilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Barca Times" xabariga ko‘ra, Kataloniya jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen ushbu o‘yinda yana o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Nemis kiperi La Liganing joriy mavsumida 16 bahsning 12 tasida "quruq o‘yin" qayd etgan.
E’tiborlisi, 2021/2022 yilgi mavsumda Ter Shtegen 35 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 11 tasida gol o‘tkazib yubormagan. La Liganing 16-turi yakunlariga ko‘ra, "Barselona" 3 ochkolik farq bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar