
Ter Shtegen og‘ir jarohat oldi
La Liga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda "Barselona" darvozaboni Mark Andre ter Shtegen og‘ir jarohat oldi.
Birinchi taym so‘nggida kiper to‘pni ushlab olganidan keyin erga noqulay yiqildi va o‘z oyoqlari bilan stadionni tark etgani yo‘q.
Bu juda jiddiy jarohat ekanligi aytilmoqda. Uning mavsumning qolgan qismida o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi, degan taxminlar ham yo‘q emas.
Fikrlar