
Ter Shtegen: "Inter" chempionlik uchun kurashish mumkinligini ko‘rsatdi
Mark-Andre ter Shtegenning fikricha, "Barselona" Chempionlar ligasida raqobatlasha oladi.
"Agar so‘nggi ikki yilga nazar tashlasangiz, maqsad Chempionlar ligasida ko‘proq narsaga erishish bo‘ldi. Biz La Ligada yaxshi o‘ynadik va Chempionlar Ligasida uzoqqa borishni istaymiz. Avval guruh bosqichida kim bilan o‘ynashimizni ko‘rishimiz kerak, keyin esa bosqichma-bosqich harakat qilamiz.
Finalga chiqishimiz mumkin bo‘lgan yillar bo‘ldi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik. Endi vaziyat boshqacha. O‘tgan yili biz shunday yosh jamoa bilan ajoyib mavsum o‘tkazdik. Biz chempionlikka loyiq edik.
Endi bizda raqobatbardosh jamoa bor va uni Chempionlar ligasida ko‘rsatishga harakat qilamiz, bu bizning maqsadimiz. “Inter” finalga chiqish va chempionlik uchun kurashish mumkinligini ko‘rsatdi" - dedi german
Fikrlar