
Ter Shtegen "Barsa" tarixiga kirdi
Kecha “Barselona” Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvini o‘tkazdi, unda klub o‘z maydonida “Viktoriya”ni (Plzen) qabul qildi.
Kataloniyaliklarning ushbu o‘yinida nemis darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen asosiy tarkibida maydonga tushdi. Nemis posboni uchun bu o‘yin "Barsa" safidagi 332-o‘yin bo‘ldi va o‘ziga xos natija qayd etdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ter Shtegen klub tarixida (darvozabonlar o‘rtasida) to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Viktor Valdes (535) birinchi, Andoni Subisarreta (410) ikkinchi, Antoni Ramalets (387) uchinchi o‘rinni qayd etilgan.
Fikrlar