Tentaknamo yigit yana jang qiladi yoxud "UFC 251"dan qanday to‘qnashuvlar o‘rin olgan?

  • 6 iyul, 2020, 13:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

12 iyul kuni BAAdagi "Jangchilar oroli"da 3 ta titul jangidan iborat "UFC 251" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Markaziy jang yarimo‘rta vazn toifasidagi chempion Kamaru Usman (16-1) UFC tomonidan "janjalkash va bezorilar" uchun maxsus ta’sis etilgan BMF kamari egasi Xorxe Masvidalga (35-13) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Aslida, Masvidalni o‘rnida Gilbert Byorns bo‘lishi kerak edi. Lekin ushbu jangchida koronavirus aniqlanganligi bois,  Uayt uning o‘rnini UFCning eng tentaknamo yigiti bilan to‘ldirdi.

Shuningdek, ushbu qarama-qarshilikdan kam bo‘lmagan yana ikkita jang ham bor. Jumladan, yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski (21-1) - Maks Xollouey (21-5) o‘rtasidagi revansh va o‘ta engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Pyotr Yan (14-1) hamda Joze Aldo (28-6) o‘zaro kuch sinashadi.

Xullas, ajoyib to‘qnashuvlarning guvohi bo‘lamiz. Mazkur jang kechasidan yana "somoncha" divizioni vakilalari Rouz Namayunas (9-4) - Jessika Andrade (20-7) va super engil vazn toifasida harakat qiladigan Amanda Ribas (9-1) - Peydj Vanzat (8-4) o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!