
Ten Xag Sanchoning Ispaniyaga bormasligini ma’lum qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Ispaniyadagi yig‘inga futbolchi Jeydon Sanchoning bora olmasligini ta’kidladi.
"U hali to‘liq tayyor emas. Futbolchi jismonan va ruhan tiklanishi kerak. Hozir bu ikkalasi unda mukammal holatda, deb bo‘lmaydi.
U tezda jarohatdan forig‘ bo‘ladi, deb umid qilamiz. Maqsadimiz - Sanchoning imkon qadar tez safga qaytishi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Jeydon jarohati sabab Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun chaqirilgan tarkibidan ham tushib qolgandi.
Fikrlar