
Ten Xag MYudan iste’foga chiqarilsa, uning o‘rniga kim olib kelinadi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Erik ten Xagning faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti. Klub uni iste’foga chiqarish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Agar niderlandiyalik mutaxassis ishdan bo‘shatilsa, uning o‘rniga "Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank olib kelinishi mumkin. Klub rahbariyati murabbiylik postida o‘tirgan mutaxassisdan faqat o‘z ishiga e’tibor qaratishni talab qilmoqda. Transfer masalalari bilan direktorlar kengashi shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" ayni payt 54 ochko bilan 8-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar