Ten Xag MYudagi shogirdini "Bayer"ga taklif qilmoqda

  • 12 avgust, 03:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvedtsiya himoyachi Viktor Lindelyof "Bayer" safini to‘ldirishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, Leverkuzen klubi 31 yoshli futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda, chunki uning tajribasi va etakchilik fazilatlariga yuqori baho beriladi.

Tecno

Qolaversa, "Bayer" bosh murabbiyi Erik ten Xag ilgari Lindelyof bilan "Manchester Yunayted"da birga ishlagan. Shu bois, niderlandiyalik mutaxassis ham ushbu transferni qarshilik ko‘rsatmasdan roziligini bildirgan.

Lindelyof o‘tgan mavsum yakunlangach MYuni tark etgan va hozir erkin agent maqomiga ega. U 2023/24 yilgi mavsumda APLda 16 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!