
Ten Xag: Muammolar har doim bo‘ladi, ularni payqash sizning vazifangiz
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag "qizil iblislar"ning APL top-8 jamoalariga qarshi o‘yinlari haqida gapirdi.
- Jamoangizning kuchli 8 talikdagi raqiblarga qarshi o‘yini haqida nima deya olasiz?
- Men bu savolni kutgandim. Har doim muammolar bo‘ladi va men ularni payqash sizning vazifangiz ekanligini bilaman.
Bizda chidamli jamoa bor. Buni “Siti”ga qarshi o‘yindan so‘ng ko‘rdik. Bu biz uchun alamli mag‘lubiya bo‘ldi, lekin biz birdam bo‘lib, rejaga sodiq qoldik va davom etdik”, - dedi Ten Xag.
6 dekabr, chorshanba kuni “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Chelsi” bilan o‘ynaydi.
Fikrlar