Ten Xag: "Hisobga olinmasligi kerak bo‘lgan ikki gol o‘tkazib yubordik. Birinchisida ofsayd bor edi, ikkinchisida esa..."

  • 9 noyabr, 2023, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Kopengagen" - "Manchester Yunayted" o‘yini kutilmaganda mezbonlarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Mazkur o‘yindan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Bu o‘yindan ko‘plab ijobiy jihatlar ko‘rdim, deya olaman. Ammo yakunda biz e’tiborsizlik qildik. 10 kishi bo‘lib futbol o‘ynash - har doim mushkul vazifa. Biz kurashdik, harakat qildik. Biroq baribir nazoratni boy berdik va mag‘lub bo‘ldik. 

Qizil kartochkaga qadar biz "Manchester Yunayted"ning bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinini tomosha qildik. Ammo chetlatish uchrashuv stsenariysini tubdan o‘zgartirib yubordi. Shunga qaramay, 10 kishi bo‘lib qolganimizda biz to‘pni nazorat qilib turgandik. 

Ilk taym oxirida hisobga olinmasligi kerak bo‘lgan ikki gol o‘tkazib yubordik. Birinchisida ofsayd bor edi, ikkinchisida esa penalti bahsli holat edi.

Biz 4 bellashuvda 4 ta penalti qurboni bo‘ldik. Ularning uchtasi juda shubhali va o‘ylab ko‘rsa bo‘ladigan vaziyatlar edi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!