
Temurxo‘ja Abduxoliqovning yangi jamoasidagi debyuti omadsiz chiqdi
Hamyurtimiz Temurxo‘ja Abduxoliqov faoliyat olib boradigan "Xorfakkan" jamoasi bu tur safarda "Fujayra"ga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Abduxoliqov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi. Qayd etish joiz, mazkur uchrashuv 28 yoshli forvard uchun yangi jamoasi safidagi dastlabki bahs bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, "Xorfakkan" ortda qolgan 3 turdan so‘ng 1 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar