
Temur Giyazov "Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi" deya e’tirof etildi
Mazkur tadbirda yil davomida sport sohasida salmoqli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan, vatanimizning xalqaro maydondagi shuhratini yuksaltirishga hissa qo‘shgan, o‘zining vatanparvarligi va fidoyiligi bilan o‘rnak bo‘lgan sport sohasi vakillari 20 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.
Para atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temur Giyazov “Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi” deya e’tirof etildi.
Temur Giyazov 2019 yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan holda, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani olgan edi.
Fikrlar