"Temir xonim" MMA dagi faoliyatini yakunladi

  • 1 noyabr, 2024, 13:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ayollar yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Germeyn De Randami qo‘lqoplarini devorga ilishga qaror qildi. Shu yilning aperl oyida farzandlik bo‘lgan sportchi  hech qanday xayrlashuv jangisiz faoliyatini tugatdi.

Tecno

"O‘tgan hafta oxirida UFC rasmiylari bilan bog‘lanib, men uchun shu yili jang tashkil qilib berishlarini so‘radim. Ammo ular  kardlar to‘lib bo‘lganini aytib, kelasi yil jang o‘tkazishimni taklif qilishdi. Biroq  men ko‘nmadim. Chunki o‘zimga 2024 yilning 31 dekabrigacha faoliyatimni yakunlayman, deb va’da bergandim", - dedi "Temir xonim".

Ma’lumot uchun, UFC da 7 ta g‘alaba qayd etgan Germeyn De Randami faoliyati davomida MMA yulduzlari Xolli Xolm, Julianna Penya, Rakel Pennington, Larissa Pachekolarni mahlubiyatga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!