Tekinga kelib qo‘shilgan Onana "Inter" tarixiga kirdi

  • 11 may, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” darvozaboni Andre Onana UEFA Chempionlar ligasida rekord o‘rnatdi.

Tecno

27 yoshli futbolchi musobaqaning yarim finalidan o‘rin olgan "Milan"ga qarshi dastlabki o‘yinda (2:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu uning turnirning joriy mavsumidagi ettinchi quruq o‘yini bo‘ldi. Kamerunlik posbon bu mavsum EChLda jami 11 marta maydonga tushdi.

Ta’kidlash kerakki, shu kunga qadar “Inter”ning birorta ham darvozaboni Chempionlar ligasida 7 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlay olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Onana “neradzurrilar” safiga 2022 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Ayni damda unga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!