Tedesko qaysi pozitsiyaga yangi futbolchi kerakligini aytib o‘tdi

  • 26 sentabr, 2020, 19:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi 9-turidan o‘rin olgan "Tambov" - "Spartak" uchrashuvida moskvaliklar 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "qizil-oqlar" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Futbolchilar doim o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etishga intilishlari zarur. Bizda hujumchilar borasida ulkan tanlov imkoniyati bor. 

Ikkinchi taymni yaxshi o‘tkazdik. Ponsening goli inobatga olinmadi, ammo bu yakundagi g‘alabamizga ta’sir o‘tkaza olmadi. Kutepev mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamoqda. 

Transferlar? Bizga o‘ng qanot himoyachisi kerak. Klubda ayni shu zona bilan muammolar bor. 

Kokorinning dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushishi tabiiy holat. U yaxshi uchrashuvlarni o‘tkazmoqda. Tezlik bo‘yicha u juda yaxshi hujumchi. Ha, biroz yaxshi formada emas. Biz bu borada ishlaymiz", - dedi Tedesko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!