
Tchuameni jamoa bosh murabbiyi bilan munosabatlari haqida gapirdi
"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
- Bu murabbiy bilan ishlash menga yoqadi. U bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. Hozirgi paytda har bir o‘yinga diqqat qaratyapman, jamoadoshlarimga yordam bermoqchiman. Yana rivojlanishni maqsad qilganman, - dedi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Alonso 2024/2025 yilgi mavsum yakunidan so‘ng "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. La Liganing joriy mavsumida Orelen uchta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar