
Talabalarimizning Butunjahon Universiadasidagi ishtiroki davom etmoqda
Bugun Italiyaning Neapol shahrida o‘tkazilayotgan talabalar o‘rtasidagi Butunjahon Universiada o‘yinlarining ettinchi kun bellashuvlariga start beriladi. Ushbu kun doirasida terma jamoamiz vakillari taekvondo, engil atletika, tennis va kamondan otish sport turlari bo‘yicha bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. Bugun bahslarga kirishadigan hamyurtlarimiz ro‘yxati quyidagicha:
Taekvondo:
-58 kg: Suhrob Bobobekov – Yusri Ismoil (Saudiya Arabistoni)
-67 kg: Nigora Tursunqulova – Vafse El Atri (Marokash)
Engil atletika:
Sanobar Erkinova – nayza uloqtirish
Tennis:
Humoyun Sultonov – Jeyms Kikan (AQSh)
Fayziev / Sultonov – Tseng / Vu (Xitoy Taipeyi)
Umarova / Fayziev – Li / Vu (Xitoy Taipeyi)
Kamondan otish:
Yunus Sarmambetov
Javlonbek Abdubakirov
Gulnozaxon Maxammadjonova
Gulmira O‘rinboeva
Fikrlar