
Tailanddagi xalqaro musobaqada ishtirok etuvchi bokschilarimiz bilan tanishing. Tarkibda Shahobiddin Zoirov ham bor
20-27 iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Jahonning etakchi mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalari qatori O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda deyarli asosiy tarkib bilan ishtirok etadi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Reglamentga ko‘ra, unda erkaklar o‘rtasida 8 ta, ayollar o‘rtasida 6 ta vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi. Ta’kidlash joiz, musobaqada eski vazn toifalari amal qiladi. Unda 12 nafar bokschimiz ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Shukurjon Rahimov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
Ayollar:
-48 kg: Gulasal Sultonalieva
-51 kg: Sitora Shodgarova
-57 kg: Mahliyo Habibullaeva
-60 kg: Yodgoroy Mirzaeva
-69 kg: Maftunaxon Meylieva
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Hamyurtlarimiz 17 iyul kuni Tailand safariga jo‘nab ketishadi.
Fikrlar