
Taekvondo WT: Nazarali Nazarov o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning uchinchi kunida -63 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Nazarali Nazarov sovrindor bo‘ldi. Finalga qadar barcha raqiblarini taslim qilgan Nazarovga hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bungacha Gulshanoy Ismoilova bronza, Marjona Xudoyqulova kumush medaliga ega chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 7-avgustga qadar davom etadi.
Fikrlar