"Surxon" grandlarni jazolashda davom etadi

  • 22 avgust, 2024, 22:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni juda yomon boshlagan "Surxon" so‘nggi paytlarda ancha o‘ziga kelib oldi. Jamoa qoldirilgan 14-tur uchrashuvida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag‘lub qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘yindagi yagona golni esa Abdusalomov urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

Bu bilan "Surxon" grandlarga qarshi qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib bermoqda. Bundan oldin Davletov shogirdlari "Andijon"ni so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatga uchratgandi. 

"Uchar tulporlar" "So‘g‘diyona" va OKMK jamaolarini ham engib, barchani lol qolirdi. Shuningdek, "Neftchi" va "Navbahor"ga qarshi o‘yinlarda ochko olishni epladi. 

Ma’lumot uchun, ayni paytda jamoa 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!