
"Surxon" bosh murabbiysiz qoldimi?
O‘tgan turda “Surxon”ning “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvida mezbonlarni o‘yinga yordamchi murabbiy Vladimir Andreev tayyorladi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov esa o‘yinda qatnashmadi. Undan oldingi ayrim uchrashuvlarda ham u betobligi sababli jamoa bilan birga bo‘la olmagandi.
Bu safar Ravshan Akmalovich yana klubda ko‘rinish bermayapti. Natijada turli savollar kelib chiqyapti. Xabaringiz bor, Ravshan Haydarov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga ham bosh murabbiylik qilmoqda. Balki u bor e’tiborini terma jamoaga qaratmoqchimi?
Umuman aytganda, mutaxassisning klubdagi taqdiri nima bo‘ladi? Shunisi ma’lumki, chempionatimizning navbatdagi o‘yinlariga ham “Surxon” jamoasini Andreev tayyorlamoqda. “Surxon” klubi esa hozircha 12 ochko to‘plagan xolos va Superligada qolish uchun kurashmoqda.
Tez orada Haydarov bilan bog‘lanib vaziyatga oydinlik kiritamiz.
Fikrlar