
Suriya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Bernd Shtange faoliyatini yakunladi
Germaniyalik mashhur mutaxassis Bernd Shtange murabbiylik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
“Menda qaysidir jamoada murabbiy bo‘lib ishlashga xohish qolmadi. Vaqt keldi. O‘tgan davr mobaynida milliy terma jamoalar darajasida 167ta o‘yin o‘tkazdim. Men sermahsul faoliyat olib bordim.
Murabbiylikni yakunladimmi? Ha. Faoliyatim muvaffaqiyatli bo‘ldi deb o‘ylayman ", - deydi Shtange.
Eslatib o‘tamiz, 71 yoshli Shtange faoliyati davomida "Karl Tseyss", "Gerta", "Leyptsig", "Dnepr" kabi klublarni boshqargan. U shuningdek Ummon, Iroq, Belorussiya va Singapur terma jamoalariga ham ustozlik qilgan. Uning so‘nggi ish joyi Suriya terma jamoasi bo‘ldi.
Fikrlar