Superturnirda o‘zbek derbisi bo‘ladi!

  • 19 oktabr, 2023, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Qatarning Doha shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Qatar Masters Open-2023” xalqaro turnirida dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakatidan kelgan shaxmat ustalari g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagan A guruhi bahslarida 158 nafar sportchi g‘oliblik uchun dona suryapti.

Ushbu guruhda O‘zbekistondan 14 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli turnirda to‘rt nafar shaxmatchimiz eng kuchli grossmeysterlar qatori g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. Ettinchi tur o‘yinlarini aksariyat vakillarimiz muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Turning markaziy uchrashuvi musabaqa jadvalida eng yuqori ikki o‘rinni egallab turganhindisonlik Narayanan va o‘zbekistonlik Javohir Sindarov o‘rtasida kechdi. Qora donalarda o‘ynagan hamyurtimiz kuchli raqibdan yarim ochko tortib oldi.

Gh301816409325450928_l

Har ikki shaxmatchi musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolganida besh yarimtadan ochko bilan o‘z o‘rinlarini saqlab turibdi.

Biroq ochkolar hisobida peshqadamlarga tenglashib olgan shaxmat uchtalarining soni oltitaga etdi. Ular orasida Nodirbek Yoqubboev ham bor. U ettinchi turda hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaisi bilan durang o‘ynadi.

Peshqadamlarni ta’qib qilayotgan o‘n bir nafar shaxmatchi beshtadan ochkoga ega. Bu guruhdan Nodirbek Abdusattorov va Jahongir Vohidov o‘rin oldi. Ettinchi turda vakillarimiz Hindiston shaxmat maktabi vakillari bilan kuch sinashdi. Nodirbek Pranav bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Jahongir oq donalarda o‘ynagan Vuppala Pranitni mot qildi.

“Qatar Masters Open-2023” xalqaro turnirining sakkizinchi turida shaxmat ishqibozlari o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi. Besh yarimtadan ochkoga ega Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev o‘zaro kuch sinashadi.

Ulardan yarimtadan kam ochkoga bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov va Jahongir Vohidov birbiriga qarshi dona suradi.

Ettinchi turda o‘zbekistonlik qolgan ishtirokchilar quyidagi natijalarni qayd etdi:

Ahmad Ahmadzoda (Ozarbayjon) – Shamsiddin Vohidov – durang;

Mert Yilmazerli (Turkiya) – Saidakbar Saydaliev – durang;

Muhammadali Abdurahmonov – Raja Ritvik (Hindiston) – mag‘lubiyat;

Abdumalik Abdusalimov – Sambit Panda (Hindiston) – g‘alaba;

Iniyan (Hindiston) – Bobur Sattorov – mag‘lubiyat;

Muhiddin Madamionov – Gark Aradxya (Hindiston) – g‘alaba;

Muhammadzohid Suyarov –  Munxdalay Amilal (Mo‘g‘uliston) – durang;

Changren Dai (Xitoy) – Olmos Rahmatullaev – mag‘lubiyat;

Sandipan Chanda (Hindiston) – Humoyun Bekmurodov – mag‘lubiyat;

Yuxeng Jin (Xitoy) – Bahrom Barillaev – g‘alaba.

post-1660121062_1

Nodirbek peshqadamni to‘xtatgani ikki grossmeysterimizga juda qo‘l keldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!