Superliganing o‘tgan 2 kuni davomida nimalar qayd etildi?
Bugun Superliganing yangi mavsum ilk turidan o‘rin olgan yana 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Quyida turning ikkinchi kunida qayd etilgan statistik ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
- 3 o‘yinda ikkita gol urildi, 8 bor sariq kartochka ko‘rsatildi
- "Nasaf" Superliganing qatorasiga 10-o‘yinida ham "Navbahor"ni taslim qilolmadi
- "Navbahor" qatorasiga 5-mavsumni g‘alabasiz boshlashga majbur bo‘ldi
- "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi ketma-ket 3-o‘yinda durang qayd etildi
- "Paxtakor" 2010-yildan beri Samarqandda mag‘lub bo‘lmayapti
- 3 ta uchrashuvni umumiy hisobda 31 616 kishi stadiondan tomosha qildi



Fikrlar