
Superligada qaysi jamoa bronza medalni qo‘lga kiritgani ma’lum. Isboti bilan!
Superliga yakunida "So‘g‘diyona", "Neftchi" va "Navbahor" klublari bir ochko to‘plashdi — 43 tadan.
Xo‘sh, qaysi jamoa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Reglamentga ko‘ra, ikki va undan ortiq jamoalarning ochkosi teng kelib qolsa, unda o‘zroa o‘yinga qaraladi.
O‘zaro o‘yinlar natijalari:
"So‘g‘diyona" - "Neftchi" 1-2
"Neftchi" - "So‘g‘diyona" 0-3
"Navbahor" - "Neftchi" 1-0
"Neftchi" - "Navbahor" 2-2
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" 1-2
"Navbahor" - "So‘g‘diyona" 0-3
"Navbahor" o‘zaro o‘yinlarda 7 ochko to‘plagan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" 6 ochko jamg‘argan. "Neftchi" esa bu raqiblarga qarshi bahslarda 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Demak, "Navbahor" bronza medali sohibi! "So‘g‘diyona" 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Neftchi" beshinchi o‘rinda qoldi.
Chempion — "Nasaf", OKMK kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Manba: Futbol qoidalari
Fikrlar